Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Arab mamlakatlari G‘azoni tiklash bo‘yicha o‘z rejasini ishlab chiqmoqda

Arab mamlakatlari G‘azoni tiklash bo‘yicha o‘z rejasini ishlab chiqmoqda

Arab mamlakatlari AQSh prezidenti Donald Trampning G‘azo sektorini tiklash rejasiga muqobil reja taklif etishga tayyor: unga ko‘ra, Falastin anklavida tiklash ishlari aholini ko‘chirmasdan bajariladi. Iordaniya tashqi ishlar vaziri Ayman as-Safadiy bu haqda Al Jazeera telekanaliga ma’lum qildi.

Arab mamlakatlari Tramp rejasiga muqobil reja taklif etib, G‘azo sektorida gumanitar inqirozga chek qo‘ya oladi. As-Safadiyning aytishicha, Iordaniya tomoni AQShga tashrifi davomida Trampga «falastinliklarni ko‘chirish emas, balki adolatli va to‘laqonli tinchlik o‘rnatishga qaratilgan o‘z pozisiyasini» ochiqlagan.

Avvalroq Iordaniya podshohi Abdulla II Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha bayonotida urushdan keyingi G‘azo sektorida falastinliklarni ko‘chirmasdan tiklanish ishlarini olib borish muhimligini yoqlashini aytgandi.

Kiritildi: 13:14 12.02.2025. O'qildi: 1048 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!