Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Arab davlatlari Suriyani hokimiyatni tinch yo‘l bilan almashishga chaqirmoqda

Arab davlatlari Suriyani hokimiyatni tinch yo‘l bilan almashishga chaqirmoqda


Iordaniyada Suriyada Bashar al-Assad rejimi qulagandan keyingi vaziyat muhokama qilingan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Uning ishtirokchilari mamlakatda hokimiyatni tinch yo‘l bilan o‘tkazish, konstitusiya ishlab chiqish va saylovlarni BMT nazorati ostida o‘tkazishga chaqirdi.

Iordaniya shahrida bo‘lib o‘tgan maslahatlashuvlarda sakkiz arab davlati tashqi ishlar vazirlaridan tashqari AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken, Turkiya tashqi ishlar vaziri Xakan Fidan, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas va BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Geir Pedersen ishtirok etdi.

Uchrashuvdan keyingi qo‘shma murojaatida ular Suriyadagi yangi hukumatni har qanday etnik yoki diniy kamsitishlardan ogohlantirdi va «mamlakatni tartibsizlikka olib kelmaslik» uchun davlat institutlarini saqlab qolishga chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 11:02. O'qildi: 282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!