AQSh Mudofaa vazirining Rossiya, Ukraina va Yevroosiyo siyosati bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Lora Kuper iste’foga chiqdi va endi Milliy mudofaa universitetida dars beradi. Bu ma’lumotni Politico tarqatdi.
Nashrning qayd etishicha, Lora Kuper 2022 yildan Kiyevga qurol yetkazib berishni muvofiqlashtirishda muhim rol o‘ynagan. U Ukraina rasmiylari bilan ham yaxshi munosabatda edi.
Pentagonning fuqarolik xodimi lavozimini egallagan amaldor ushbu bo‘limda 20 yildan ortiq ishlagan. Politico manbalari uning ketishini AQSh prezidenti Donald Trampning yaqinda lavozimga kirishishi va Oq uyning yangi rahbarining Ukrainaga nisbatan siyosatini ko‘rib chiqishi bilan bog‘lashmoqda.