Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQShning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi

A A A
AQShning Ukrainaga bergan umumiy yordami 113 milliard dollardan oshdi

AQSh tomonidan Ukrainaga yordam berish uchun ajratilgan mablag‘larning umumiy miqdori kamida 113 milliard dollarni tashkil etdi. Bu haqda Oq uy boshqaruv va byudjet boshqarmasi rahbari Shalanda Yangning senator Jeyms Devid Vensga yo‘llagan so‘roviga javoban berilgan ma’lumotga tayanib, Fox News xabar berdi.

Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan beri AQSh Kongressi Kiyevga “hayotiy xavfsizlik, iqtisodiy va gumanitar yordam” ko‘rsatish uchun qo‘shimcha 111 milliard dollar mablag‘ ajratgan. Yana 2,4 milliard dollar maqsadli bo‘lmagan mablag‘lardan Ukraina foydasiga qayta taqsimlandi.

Davlat departamenti va AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) asosiy yordam paketlariga qo‘shimcha ravishda, 2022 va 2023-moliya yillarida sog‘liqni saqlash va elchixona operasiyalari uchun mos ravishda 145 million va 189 million dollar yubordi.

Telekanalning ta’kidlashicha, agar qurol va o‘q-dorilar uchun sarflangan mablag‘lar ham hisobga olinsa, umumiy xarajat ancha yuqori bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 05:58 31.03.2024. O'qildi: 1250 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!