Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

AQShning Ukrainaga 125 mln dollarlik qurol yetkazib berishi muhokama qilindi

AQShning Ukrainaga 125 mln dollarlik qurol yetkazib berishi muhokama qilindi

Pentagon rahbari Lloyd Ostin va Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov Amerikaning Kiyevga yangi harbiy yordam paketini muhokama qildi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Patrik Rayder yozma bayonotida ma’lum qildi, deb yozadi «TASS».

Uning so‘zlariga ko‘ra, suhbat chog‘ida vazirlar Ukraina Qurolli Kuchlarining joriy operasiyalari va armiyaning qurol-yarog‘ga bo‘lgan ehtiyoji mavzusiga to‘xtalib o‘tgan.

«Kotib Ostin, shuningdek, AQSh xavfsizlik yordami, jumladan, bugun prezident Jo Bayden tomonidan e’lon qilingan 125 million dollarlik paket haqida ham ma’lumot berdi», dedi Rayder.

Kiritildi: 04:34 24.08.2024. O'qildi: 2411 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!