AQSh Ukrainadagi ehtimoliy tinchlikparvarlik missiyasida Yevropa qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishi NATO birligiga tahdid soladi. Bu haqda YEI diplomati ma’lum qildi.
AQSh prezidenti Donald Trampning Amerika havo qoplamini yoki boshqa yordamni taklif qilishdan bosh tortgani Ukrainada tinchlikparvarlik missiyasi taklif qilinishi yuzasidan jiddiy xavotirlarni uyg‘otdi, deb yozadi Financial Times.
"Hech kim Ukrainadagi otishma chizig‘ida AQSh ko‘magisiz oz sonli Yevropa qo‘shinlarini ko‘rishni xohlamaydi. Agar biror narsa yuz bersa, bu NATO birligiga katta tanglik tug‘diradi" - deydi manba.
Ukraina bo‘yicha onlayn sammitdan so‘ng Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer "xohlovchilar koalisiyasi"ga kiruvchi davlatlar harbiy yetakchilari 20 mart kuni Londonda uchrashib, Ukrainaga qo‘shin yuborishning operativ tafsilotlarini muhokama qilishlarini aytdi. Britaniya hukumati rahbari bir qator davlatlar kelishuvlar tafsilotlarini oshkor qilmasdan, Ukrainadagi “tinchlikparvar kuchlar” missiyasida ishtirok etish bo‘yicha “aniq majburiyatlarni” olganini qo‘shimcha qildi.