AQSh armiyasining nafaqadagi podpolkovnigi, ilgari Isroil va AQShga qarashli “G‘azoga gumanitar yordam” (GHF) fondida ishlagan Entoni Agilyar G‘azoda yordam tarqatish jarayonini «Ochlar o‘yini» romanidagi sahnalarga qiyosladi.
AQShdagi mustaqil senator Berni Sanders ijtimoiy tarmoqlarda Agilyarning G‘azodagi vaziyat haqidagi videoyozuvini e’lon qildi.
«Falastinliklar yordam punktiga yetib borish uchun kurashayotgandagi holatni tasvirlash uchun eng to‘g‘ri o‘xshatma — bu “Ochlar o‘yini”. Kim kuchli va tezroq bo‘lsa, yordam shu kishiga nasib qiladi», — dedi Agilyar.
Agilyarning so‘zlariga ko‘ra, G‘azoda yordam olish faqat omad va jismoniy quvvatga bog‘liq bo‘lib qolgan. Bu holat insonparvarlik tamoyillariga zid va G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan yordam tizimining haqiqiy yuzini ko‘rsatadi.