Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShning Eronga qarshi operasiyaga sarflagan xarajatlari 42 milliard dollardan oshdi

AQShning Eronga qarshi operasiyaga sarflagan xarajatlari 42 milliard dollardan oshdi

AQSh harbiylarining Eronga qarshi harbiy operasiyaga sarflagan xarajatlari qariyb 37 kunlik faol jangovar harakatlar davomida 42,1 milliard dollardan oshdi.

Bu haqda Iran War Cost Tracker portali xabar bermoqda.

Real vaqt rejimida kuzatuv resursi Pentagonning 10 mart kuni AQSh Kongressi uchun o‘tkazgan brifingidan olingan ma’lumotlarga asoslangan. Ushbu brifingda Vashington Yaqin Sharqdagi jangovar harakatlar boshlangan dastlabki olti kun ichida 11,3 milliard dollar sarflagani, undan keyin mojaroning har bir kuniga taxminan 1 milliard dollar sarflash rejalashtirilgani aytildi.

Ta’kidlanishicha, bu raqamga qo‘shinlarning harakatlanishi va harbiy texnikani tiklash kabi ayrim xarajatlar kiritilmasligi mumkin. Shuning uchun haqiqiy xarajatlar ancha yuqori bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 16:00. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!