Birlashgan Millatlar Tashkiloti Tramp ma’muriyatidan AQSh qarzining qancha qismini (taxminan 4 milliard dollar) to‘lashni rejalashtirayotgani va mablag‘lar qachon to‘lanishi bo‘yicha aniqlik kiritishni kutayotganini ma’lum qildi, deb xabar berdi NBC News.
O‘tgan haftada BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish agar tashkilotning moliyaviy qoidalari qayta ko‘rib chiqilmasa yoki barcha 193 a’zo davlat o‘z badallarini to‘lamasa, tashkilot moliyaviy inqirozga uchrashi haqida ogohlantirdi.
AQSh tashkilotdan odatiy operasion byudjet bo‘yicha 2,19 milliard dollar qarzdor, shundan bu yil 767 million dollari to‘landi.
Bundan tashqari, AQSh BMTning tinchlikparvarlik operasiyalari bo‘yicha alohida byudjeti bo‘yicha 1,8 mlrd dollar qarzdor bo‘lib, bu summa yana oshishi kutilyapti.
AQShning BMT huzuridagi vakolatxonasi Tramp ma’muriyati qarzning sezilarli qismini bir necha hafta ichida to‘lashni rejalashtirayotganini tasdiqladi, biroq yakuniy summa hali aniqlanmagan.
O‘tgan haftada BMTga a’zo davlatlarga yo‘llagan maktubida Guterrish doimiy operasion byudjet mablag‘lari iyul oyiga borib tugashi mumkinligini, bu esa tashkilot faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qildi.