Ukrainaga harbiy yordam sifatida 300 million dollar miqdorida mablag‘ ajratish AQShning 2024 yilgi mudofaa byudjeti loyihasiga kiritilgan. Amerika qonunchilari unga tegishli moddani kiritdilar.
TASS xabariga ko‘ra, AQSh Kongressi har ikki palatasining Qurolli kuchlar qo‘mitasi tomonidan kelishilgan hujjat 3 ming sahifadan iborat. Ukrainaga harbiy yordam Kiyevga Xavfsizlikka ko‘maklashish tashabbusi doirasida mablag‘ ajratishni o‘z ichiga oladi.
Ushbu dastur Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri Amerika zaxiralaridan qurol yetkazib berishni nazarda tutmaydi. Buning o‘rniga Pentagon ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar bo‘yicha muzokaralar olib boradi.