The Washington Post yozishicha, AQSh Isroilga G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatmasa, harbiy va iqtisodiy yordamni to‘xtatish bilan tahdid qildi.
"Tramp ma’muriyati Netanyahu hukumatiga agar Isroil bu urushni to‘xtatmasa, AQSh ulardan voz kechishini aytgan. Vashingtonga ko‘ra, Netanyahu siyosiy jihatdan buni amalga oshirish imkoniyatiga ega, chunki u Knessetda va butun Isroilda katta qo‘llovga ega. Ammo Netanyahu bunga siyosiy iroda ko‘rsatmayapti", deb yozadi nashr manbalariga tayanib.