Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Namoyishchilar Eron bilan urushga, migrasiya siyosatining keskinlashishiga va amaldagi prezidentning tobora kuchayib borayotgan avtoritar boshqaruviga qarshi norozilik bildirmoqda.
Eng yirik aksiya Minnesota shtatidagi Sent-Pol shahrida bo‘lib o‘tdi. Tashkilotchilar bahosiga ko‘ra, unda taxminan 200 ming kishi qatnashgan. Nyu-Yorkda esa o‘n minglab odamlar ko‘chalarga chiqdi.
Donald Tramp va uning ma’muriyatiga qarshi namoyishlar faqat yirik shaharlarda emas, balki kichik shaharlar va konservativ shtatlarda ham bo‘lib o‘tdi. Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilarning qariyb uchdan ikki qismi yirik aglomerasiyalardan tashqaridagi aholi punktlariga to‘g‘ri kelgan.