Missisipi shtatida tez yordam vertolyotining qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CBS telekanalining mahalliy bo‘limi xabar berdi.
“Missisipi shtatidagi Missisipi universiteti tibbiyot markazining tez yordam vertolyoti halokatga uchrashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi”, – deyiladi xabarda.
Vertolyot Medison okrugidagi Natchez trakti yaqinida qulagan.
Viloyat sherif idorasi vakilining aytishicha, vertolyot o‘rmonda qulagan. Tibbiyot markazi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, bortda ularning ikki nafar xodimi va uchuvchi bo‘lgan.