Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

AQShda sun’iy miya o‘stirildi: u o‘qiydi va suhbatni tushuna oladi

A A A
AQShda sun’iy miya o‘stirildi: u o‘qiydi va suhbatni tushuna oladi

Ilg‘or texnologiyalarga qaramay, dunyoda inson miyasidan o‘tib ketadigan bironta ham kompyuter yo‘q. Olimlar ko‘p yillar davomida sun’iy organ yaratishga harakat qilib keladi, lekin natija unchalik ijobiy bo‘lmaydi. Aftidan, amerikalik mutaxassislar maqsadga biroz yaqinlasha olganga o‘xshaydi. Indiana universiteti olimlari inson miyasining tabiiy to‘qimasini elektron komponentlar bilan birlashtirib, haqiqiy miya kabi ishlaydigan “Brainoware” biokompyuterini ishlab chiqarishdi.

“Brainoware” bir vaqtning o‘zida hisoblash va saqlash vazifasini bajaradi. Sun’iy miya allaqachon matematik muammolarni hal qilish va nutqni taniy olish qobiliyatiga ega.

Olimlar “Brainoware”ni turli tillarda 240 ta audioyozuv bilan ta’minlashdi va biokompyuterdan to‘g‘risini topishni so‘rashdi. Bor-yo‘g‘i ikki kun ichida qurilma ovozlarni 78 foiz aniqlik bilan tanib olishni o‘rgandi.

Ixtirochilarning qayd etishicha, “Brainoware”ni to‘laqonli miya deb atashga hali erta. Bu faqat miya tuzilishiga taqlid qilish, ammo to‘liq organ emas. Kelajakda bunday biokompyuterli robotlar kuchli kompyuterlar uchun prosessorlarni almashtira oladi, shunda ular inson xatti-harakatlarini o‘rganishi va taqlid qilishi mumkin bo‘ladi. Ushbu bosqichda “Brainoware” sizga haqiqiy miyaning ba’zi jihatlarini taqlid qilish imkonini beradi, bu o‘z navbatida, olimlarga tirik organizmga aralashmasdan neyron aloqalarni o‘rganish uchun qo‘l keladi, deydi ixtiro mualliflari.

Kiritildi: 12:51 09.01.2024. O'qildi: 1562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!