Bugun 9 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

AQShda saylov kuni terakt uyushtirishni rejalashtirilgan afg‘on fuqarosi qo‘lga olindi

AQShda saylov kuni terakt uyushtirishni rejalashtirilgan afg‘on fuqarosi qo‘lga olindi

AQSh Federal qidiruv byurosi Oklaxoma shtatida 5 noyabrda bo‘lib o‘tadigan umumiy saylov kuni terakt sodir etishni maqsad qilgan afg‘on fuqarosini qo‘lga oldi.

Bu haqda AQSh Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yil sentyabr oyida immigrasiya vizasi bilan AQShga kirgan 27 yoshli Nazir Ahmad Tavhediy ISHID terrorchilik guruhiga moliyaviy yordam ko‘rsatish maqsadida jinoiy til biriktirgan. U o‘qotar quroldan foydalangan holda AQShda terrorchilik harakatini amalga oshirish niyatida bo‘lgan.

Federal qidiruv byurosi (FQB) direktori Kristofer Reyning aniqlik kiritishicha, Tavxediy 5 noyabrdagi umumxalq saylovlari kuni terakt uyushtirishni rejalashtirgan.

Kiritildi: Bugun 09:22. O'qildi: 254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!