Parashyutchilarni olib ketayotgan samolyot Amerikaning Missuri shtatidagi Butler shahri yaqinida halokatga uchradi, natijada 12 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda mahalliy Fox News telekanali xabar berdi.
Axborot agentligining xabar berishicha, halokat 14 iyun kuni ertalab sodir bo‘lgan. Mahalliy aeroportdan uchib ketganidan so‘ng, 11 parashyutchi va bitta uchuvchini olib ketayotgan samolyot to‘satdan yo‘nalishini o‘zgartirib, avtomagistral yaqinida halokatga uchradi. Bortdagi barcha odamlar halok bo‘ldi.
Avariya sababi haqida hozircha hech qanday ma’lumot berilmagan.