Yakuniy natijalarga ko‘ra Kamala Harris 226 ta saylovchilar ovoziga, Donald Tramp esa 312 ta saylovchilar ovozga ega bo‘ladi.
Katta ehtimol bilan Respublikachilar partiyasi Kongress Vakillar palatasida ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritib, Oq uyni ham, Kongressni ham nazorat qiladi va Trampga o‘z siyosatini amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni beradi. Avvalroq Respublikachilar AQSh Senatida ko‘pchilik o‘rinni egallagani xabar qilingan edi.