Og‘izsiz odam haqidagi ma’lumot kechikish bilan paydo bo‘ldi, chunki xorijiy ommaviy axborot vositalari bu voqeaga uzoq vaqt davomida e’tibor berishmagandi. Ammo olti yil o‘tib, ushbu xabar haqiqiy shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Shunday qilib, 2012 yil Nyu-Yorkda og‘zi bo‘lmagan odam aniqlangan edi. Uni yo‘lovchilardan biri oddiy kamerada suratga tushirgandi. Uni tasvirga olishayotganini bilib qolganidan so‘ng noma’lum shaxs sirli tarzda g‘oyib bo‘lgan, deya xabar berdi “planetanovosti.com”.
Tarmoq foydalanuvchilari qo‘rqinchli odam haqida turli xil nazariyalarni taqdim etishdi. Ba’zilarning fikriga ko‘ra, u o‘zga sayyoralik yoki arvoh, qolganlarning o‘ylashicha, u qandaydir kasallikka chalingan yoki tanasida mutasiya sodir bo‘lgan. Yana bir taxminga qaraganda, suratdagi inson yuziga niqob taqib olgan, xolos.