Daily Mail xabariga ko‘ra, AQShning Virjiniya shtatida noyob ikki boshli toshbaqa topilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, topilma Yovvoyi tabiat muzeyi akvariumiga topshirilgan.
Gerpetolog Trevis Longning ta’kidlashicha, ikki bosh tananing turli qismlarini boshqarayotgani bois ushbu toshbaqaning yashab ketish ehtimoli unchalik katta emas.
"Panjalarni boshqarish ikkiga bo‘lingan: chap bosh chap panjalarni, o‘ng bosh esa o‘ng tomondagi panjalarni boshqarmoqda. Agar boshlar qanday qilib birga ishlashni tushunishmasa, suzish kabi oddiy vazifalar ham hayvon uchun xavfli bo‘lishi mumkin", deydi Long.
Shuningdek, mutaxassis ularni to‘g‘ri parvarish qilish qiyinligi bois odamlarni bunday hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilmaslikka undamoqda.