Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShda kongressmenlarga hujumda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi

AQShda kongressmenlarga hujumda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi

Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

"Qo‘shma Shtatlarda deyarli ikki kunlik qidiruvdan so‘ng kongressmenlarga hujum qilishda gumonlanayotvan 57 yoshli Vens Lyuter Bolter qo‘lga olindi. U ikki kishini o‘ldirish va yana ikki nafar odamga suiqasd qilishda ayblanmoqda", deyiladi xabarda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Bolter 14 iyun kuni Minnesota shtati vakilar palatasi a’zosi Melissa Hortman va uning turmush o‘rtog‘i Markni o‘ldirgan, shuningdek, shtat senatori Jon Hoffman va uning xotiniga hujum qilib, ularni yaralagand. Qayd etish joizki, Hortman va Hoffman Demokratik partiya a’zolari hisoblanadi. Uning bu harakati sabablari hozircha noma’lum.

CNN telekanalining xabar berishicha, Bolter tashlab ketgan mashinada 70 nafar ismdan iborat ro‘yxat topilgan. Unda abort bilan shug‘ullanuvchi shifokorlar, Minnesota va boshqa shtatlardan bo‘lgan demokrat qonun chiqaruvchilarning ismlari mavjud bo‘lgan.

Kiritildi: 21:04 16.06.2025. O'qildi: 595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!