Nyu-Yorkdan uchgan JetBlue reysi Fort-Loderdeyl-Gollivud xalqaro aeroportiga qo‘nganidan so‘ng shassisida (samolyot g‘ildiraklarida) ikki kishining jasadi topildi, deb xabar berdi CNN.
Jasadlar 6 yanvar kuni kechqurun parvozdan keyingi texnik ko‘rik o‘tkazilganda topilgan, hodisa sabablari hozircha aniqlanmagan.
Huquq-tartibot idoralari vakillarining aytishicha, Brouard okrugi tibbiy ekspertizasi idorasi ikki kishining o‘limi sababini aniqlash uchun autopsiya o‘tkazadi.
Bu oxirgi oylardagi birinchi holat emas. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, bundan ikki hafta oldin United Airlines aviakompaniyasining Chikagodan Gavayiga uchayotgan samolyotining qo‘nish shassisida ham jasad topilgan.