AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bir qator yuqori lavozimli mulozimlarni ishdan bo‘shatishi mumkin.
«Atlantic» nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, iste’foga chiqarilishi kutilayotgan nomzodlar orasida FQB (FBR) rahbari Kesh Patel va Armiya vaziri (Quruqlikdagi qo‘shinlar kotibi) Den Driskoll bor.
«Ma’muriyatning boshqa vakillari, jumladan, FQB direktori Kesh Patel, Armiya kotibi Deniyel Driskoll va Mehnat vaziri Lori Chaves-Deremerning lavozimini tark etishi faol muhokama qilinmoqda», — deyiladi nashr maqolasida.