Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQShda dunyodagi eng keksa xokkeychi vafot etdi

A A A
AQShda dunyodagi eng keksa xokkeychi vafot etdi

Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan dunyoning eng keksa xokkeychisi sifatida tan olingan Mark Sertich AQShda 99 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi AP.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan oyda tavallud kunini nishonlagan Sertich insultga chalinib, Dulut shahridagi (Minnesota shtati) uyida olamdan o‘tgan.

Bolaligidanoq ushbu sport turiga ko‘ngil qo‘ygan Sertich Ikkinchi jahon urushini boshidan o‘tkazgach, mahalliy havaskor xokkey uyushmasini boshqargan. Muz ustiga o‘yinchi sifatida esa nafaqaga chiqqanidan keyingina qaytgan va umrining so‘nggi kunlariga qadar mashq qilgan.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Xokkey federatssiyasi Sertichning o‘limi munosabati bilan yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Kiritildi: 21:39 26.08.2020. O'qildi: 2517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!