Qo‘shma Shtatlardagi San-Fransisko shahrida oziq-ovqat chiqindilari qo‘shilgan pissa ishlab chiqaradigan korxona tashkil etildi.
Bu haqda “Waste 360” tomonidan xabar qilindi.
Ta’kidlanishicha, "Ugly Pickle Co." deb nomlangan yangi brend oshpazlar Devid Merfi va Kayla Abe tomonidan yaratilgan. Ular mehr bilan o‘z mahsulotlarini "axlat piroglari" deb atashmoqda.
Oshpazlarning ta’kidlashicha, yangi pissalarni ishlab chiqarishda odatda yo‘q qilinadigan masalliqlar — holati yaxshi bo‘lmagan sabzavot va mevalar, qayta ishlangan don kabilardan foydalaniladi.
Oziq-ovqat chiqindilarini kundalik hayotda minimallashtirish mumkinligini ko‘rsatmoqchi bo‘layotgan oshpazlarning so‘zlariga ko‘ra, bunday startap pitssa ishlab chiqarish uchun mahsulotlari sotib olinadigan fermerlarga ham yordam berishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, g‘ayrioddiy taom 2021 yil bahorida ochilishi kutilayotgan “Shuggie's Trash Pie + Natural Wine”da sotuvga qo‘yiladi.