Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

AQSh Zelenskiyni safarbarlik uchun chaqiruv yoshini 18 yoshga tushirishga chaqirmoqda

AQSh Zelenskiyni safarbarlik uchun chaqiruv yoshini 18 yoshga tushirishga chaqirmoqda

Bu haqda Ukraina prezidenti devoni maslahatchisi Sergey Leshenko o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning har ikki partiyasi siyosatchilari safarbarlik masalasida prezident Volodimir Zelenskiyga bosim o‘tkazmoqda.

"Hamkorlarning argumenti shunday: AQSh Vetnamda urush bo‘lganida, odamlarni u yerga 19 yoshdan boshlab olib ketishgan. Shuning uchun amerikaliklar G‘arb qurollarining o‘zi yetarli emasligini va 18 yoshdan boshlab safarbarlik zarurligiga sha’ma qilishmoqda", — deb yozgan Leshenko va Zelenskiy ittifoqchilarni "harbiy chaqiruv yoshini o‘zgartirmagan holda qurol berishga" ishontirishda davom etishini qo‘shimcha qildi.

Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganida beri Ukrainada safarbarlik qonuni kuchga kirdi. Ukrainaning amaldagi qonunlariga ko‘ra, 25 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar safarbarlikka tortiladi. Shuningdek, harbiy xizmatni o‘tagan yoki harbiy ta’lim muassasasini tamomlaganlar 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lganlar ham safarbarlikka jalb etiladi.

Kiritildi: 22:15 15.10.2024. O'qildi: 814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!