AQSh allaqachon Ukraina mag‘lubiyatidan keyin Zelenskiy uchun televideniyeda ish topib qo‘ygan, deydi AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Rey Makgovern Judging Freedom YouTube kanaliga bergan intervyusida.
“Nega u (MRB direktori Uilyam Berns) o‘tgan hafta Ukrainaga bordi? U Zelenskiy professional, ammo boshqa sohada ekanligini tushundi va Saturday Night Live (Amerika komediya ko‘rsatuvi – tahr.)dan unga ish taklifini olib keldi”, - deya hazillashdi sobiq razvedkachi.
Makgovern, shuningdek, Markaziy razvedka boshqarmasi boshlig‘i Bernsga yopiq eshiklar ortida “Rossiyaning allaqachon sodir bo‘lgan mag‘lubiyati” va “Rossiya armiyasining zaifligi” haqida aytgan so‘zlarini o‘ylab ko‘rishni maslahat berdi.
“Bu Zelenskiy uchun oxiri hamda Bill Berns va yolg‘on gapirganlarning hammasi (Ukrainadagi mojaro haqida) uchun oxiri bo‘lishi kerak”, - deb hisoblaydi tahlilchi.
G‘arb ommaviy axborot vositalari AQSh va Yevropa Ittifoqi Ukraina mojarosidan charchay boshlagani, Zelenskiy rejimini qo‘llab-quvvatlash zaiflashayotgani haqida tobora ko‘proq yozmoqda. NBC xabariga ko‘ra, Amerika va Yevropa rasmiylari allaqachon Kiyev bilan Rossiya bilan tinchlik muzokaralarining mumkin bo‘lgan oqibatlarini, jumladan Ukraina kelishuvga erishish uchun nimalardan voz kechishi mumkinligining umumiy sxemalarini muhokama qilmoqda.