AQSh yangi qurol sotib olish dasturi doirasida Ukrainaga 988 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini ajratdi. Bu haqda Pentagon xabar berdi.
Paketga HIMARS tizimi uchun o‘q-dorilar, dronlar, tanklarni ta’mirlash uchun uskunalar va zirhli mashinalar kiritilgan.
Mablag‘lar Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusi (USAI) orqali ajratiladi. Ushbu dastur doirasida Pentagon ishlab chiqaruvchilar bilan Ukraina uchun qurol ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomalar tuzadi.