AQSh Davlat kotibining qurollanishni nazorat qilish va tarqatmaslik bo‘yicha yordamchisi Kristofer Yo ma’lum qilishicha, Vashington Rossiya va Xitoy bilan “teng asosda” yadroviy sinovlarga qaytish niyatida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident Donald Tramp ta’kidlaganidek, AQSh sinovlarga aynan “teng sharoitda” qaytadi. Biroq bu 1952 yilda o‘tkazilgan “Ivy Mike” kabi megatonna toifasidagi atmosferadagi yadroviy portlashlar tiklanishini anglatmaydi.
Rasmiyga ko‘ra, “teng asosda” degani AQSh boshqa davlatlar harakatlariga mutanosib javob berishini bildiradi.