AQSh Xitoy bilan mumkin bo‘lgan mojaroga yo‘l qo‘ymoqda, ammo qurol yetarli emasligidan qo‘rqadi, deb yozmoqda New York Times.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Yamanda huciylarga qarshi keng ko‘lamli zarbalar kampaniyasi, “Rough Rider” operasiyasi AQShning yuqori aniqlikdagi qurollar arsenalining sezilarli darajada tugashiga olib keldi.
Bu Vashingtonda xavotir uyg‘otmoqda, chunki Pentagon uzoq masofali aniqlikdagi qurollarni Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi zaxiralardan Yaqin Sharqqa ko‘chirishga majbur bo‘lmoqda.