Qo‘shma Shtatlar Xitoy bilan yanada ambisiyali savdo bitimi tuzish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent Xitoy bosh vaziri o‘rinbosari Xe Lifeng bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.
Bessentning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy tomoni yanada ambisiyali savdo bitimini taklif qilgan. Uning ta’kidlashicha, Vashington Pusanda erishilgan kelishuvni uzaytirishga yoki yanada ambisiyali kelishuvga tayyor.
"Biz ikkalasiga ham rozimiz. Biz Amerika xalqiga eng yaxshi foyda keltiradigan narsani qilamiz", dedi Bessent.
Keyinchalik Bessent X ijtimoiy media platformasida Xe Lifeng bilan "AQSH-Xitoy iqtisodiy munosabatlari bo‘yicha mazmunli muzokaralar" o‘tkazganini yozdi.