Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

AQSh Vengriyani xavf haqida ogohlantirmoqda

AQSh Vengriyani xavf haqida ogohlantirmoqda

AQSh razvedka xizmatlari Vengriyani 1956 yil voqealarining navbatdagi yilligi munosabati bilan mamlakatda hukumatga qarshi qurolli aksiya tayyorlanishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda diplomatik manbalarga tayanib, Telex internet nashri xabar berdi.

Diplomatik manbalardan ma’lum bo‘lishicha, Amerika razvedkasi Vengriya hukumatini 23 oktyabrga mo‘ljallangan qurolli harakat haqida taxminan ikki hafta oldin ogohlantirgan ekan. AQSh maxsus xizmatlari Vengriya hukumatiga tezkor yo‘l bilan olingan ma’lumotlarni taqdim etgan. Bu ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim shaxslar 1956-yilgi ozodlik qo‘zg‘olonining yilligida qurolli harakatlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lishi mumkinligi aniqlangan. Portal shunday xabar tarqatdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinda Vengriya aksilterror markazi xodimlari poytaxtdagi pablardan birida bir guruh yoshlarni qo‘lga olgan, ulardan pnevmatik qurollar musodara qilingan. Bu harakatlar Amerika razvedkasining ogohlantirishi bilan bog‘liqmi yoki yo‘qmi noma’lum. Vengriya hukumati va razvedka xizmatlari hozircha bu xabarlarga izoh bermagan.

23 oktyabr Vengriyada 1956 yilgi ozodlik qo‘zg‘olonini xotirlash kuni sifatida nishonlanadi. 68 yil muqaddam mamlakatda sovet qo‘shinlari tomonidan bostirilgan sosialistik tuzumni ag‘darishga urinish amalga oshirilgan.

Kiritildi: Bugun 17:00. O'qildi: 712 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!