Bugun 9 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Vengriyaga Rossiyadan neft sotib olishni davom ettirishga ruxsat berishi mumkin

AQSh Vengriyaga Rossiyadan neft sotib olishni davom ettirishga ruxsat berishi mumkin

Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan Oq uydagi uchrashuv chog‘ida Rossiya neftini xarid qilish bilan bog‘liq sanksiyalardan Budapeshtni ozod etish masalasini ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.

"Biz bu masalani ko‘rib chiqyapmiz, chunki Vengriyaga boshqa mintaqalardan neft va gaz olish juda qiyin. Bilasiz, ularda dengizga chiqish imkoniyati yo‘q"— dedi Tramp jurnalistlarga.

O‘z navbatida Orban Rossiya energiya resurslari Vengriya uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi va AQSh prezidentiga "Agar Rossiyadan neft va gaz olinmasa, bu Vengriya xalqi va iqtisodiyoti uchun qanday oqibatlarga olib kelishini" tushuntirishga tayyorligini bildirdi.

"Chunki bizni quvurlar orqali ta’minlashadi. Quvur — bu mafkuraviy yoki siyosiy masala emas. Bu mavjud haqiqat, chunki bizda port yo‘q", — dedi Orban.

Ma’lumot uchun, Vengriya Rossiya gazini "Turk oqimi" quvuri orqali, neftni esa "Drujba" quvuri orqali oladi.

Kiritildi: 16:38 08.11.2025. O'qildi: 785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!