AQSh boj to‘lovlari masalasida Vashington bilan kelishuvga erishmoqchi bo‘lgan davlatlarga bir qator shartlarni qo‘yadi. Bu haqda The Washington Post gazetasi xabar berdi.
"Talablar orasida Qo‘shma Shtatlar gazini ko‘proq xarid qilish, AQSh mahsulotlariga bojlarning kamaytirilishi, shuningdek, Amerika texnologik gigantlari uchun soliq stavkalarining pasaytirilishi kabilar bor", deya xabar bermoqda gazeta.