Bugun 27 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh va Xitoy TikTok’ni sotish shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi

A A A
AQSh va Xitoy TikTok’ni sotish shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi

Bu haqda AQSh Moliya vaziri Skott Bessent ma’lum qildi.

Uning aytishicha, barcha tafsilotlar 19 sentyabr kuni e’lon qilinadi aynan shu kuni Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Xitoy raisi Si Jinpin bilan uchrashadi.

TikTok platformasi Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli. Vashington TikTok amerikalik foydalanuvchilarning ma’lumotlarini Pekinga topshirishi mumkinligidan xavotirda.

2024 yili AQSh Kongressi ByteDance’ni TikTok’ning Amerikadagi bo‘limidan voz kechishga majburlovchi qonun qabul qilgandi, aks holda, u to‘liq bloklanishi mumkin edi.

Kiritildi: 21:55 15.09.2025. O'qildi: 2122 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!