AQSh va Ukraina yer osti resurslariga oid kelishuv bo‘yicha maslahatlashuvni juma kuni Vashingtonda boshlaydi. - Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari.
"Men hozircha hech qanday tafsilotlarni ochiqlay olmayman, chunki uchrashuv ertaga bo‘lib o‘tadi. Shu sababli, bunga ertaga izoh berishim mumkin bo‘ladi", — deya ma’lum qildi Olga Stefanishina Bryusseldagi matbuot anjumanida.
Ukraina foydali resurslari bo‘yicha kelishuv atrofidagi muzokaralar Kiyev va Vashington o‘rtasida ziddiyatli vaziyatni keltirib chiqardi. Ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi mojaroli uchrashuvdan so‘ng AQSh yanada ko‘proq talablarni ilgari surgan.