Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi BMT Bosh kotibi va Xavfsizlik Kengashi a’zolariga yo‘llagan maktubida AQSh va Isroilning Eronning Natanz va Busher atom elektr stansiyalariga qilgan hujumlarini xalqaro huquqning ochiqchasiga buzilishi deb atadi va tashkilot tomonidan zudlik bilan choralar ko‘rishga chaqirdi.
Aroqchi, yadroviy inshootlarga qilingan hujumlar radioaktiv materiallarning keng tarqalishiga va odamlar va atrof-muhit uchun juda xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.
Eron TIV rahbari shuningdek, Xavfsizlik Kengashidan Isroilni Yadroviy Qurolni Tarqatmaslik Shartnomasiga (YQQT) qo‘shilishga va uning yadroviy inshootlarini MAGATE nazorati ostiga olishga majburlashga chaqirdi.