AQSh va Yevropa davlatlarining ayrim rasmiylari SSSR parchalanganidan keyin Kiyev tashlab ketgan yadro qurollarini Ukrainaga qaytarishni taklif qilishdi. Bu haqda The New York Times (NYT) ma’lum qildi.
Amerika rasmiylariga ko‘ra, Ukrainaga qurol yetkazib berishni tezlashtirish qisqa muddatda jangovar hududdagi vaziyatni o‘zgartirishi dargumon. Ushbu fonda G‘arb ittifoqchilari "xavfsizlikning ehtimoliy kafolati sifatida ushlab turish"ni muhokama qilmoqdalar.
"Ba’zi rasmiylar hatto Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Ukrainadan tortib olingan yadro qurollarini qaytarish variantini ham ilgari surdi", - deydi nashr.
Gazetaning qayd etishicha, bunday qadamni amalga oshirish qiyin va jiddiy oqibatlarga olib keladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq Ukrainaning yadro qurolini yaratish bo‘yicha har qanday qadami "tegishli munosabat bilan javob berishini" aytgan edi. Rossiya hech qanday sharoitda uning Ukrainada yaratilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Vladimir Putin ishontirganidek, Moskva G‘arb davlatlaridan birortasi Kiyevga yadro qurolini topshirishni xohlasa, kuzatib boradi.