Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

AQSh Ukrainaga ko‘rsatilgan yordamni qaytarish bo‘yicha talabni 300 milliard dollardan 100 milliard dollargacha kamaytirdi — Bloomberg

AQSh Ukrainaga ko‘rsatilgan yordamni qaytarish bo‘yicha talabni 300 milliard dollardan 100 milliard dollargacha kamaytirdi — Bloomberg

"11–12 aprel kunlari Vashingtonda Ukraina vakillari bilan foydali qazilmalar bo‘yicha yangi bitim yuzasidan o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng, Tramp ma’muriyati Rossiya armiyasining keng ko‘lamli bosqinidan beri Kiyevga ko‘rsatilgan yordam hajmini qayta baholab, uni 300 milliard dollardan 100 milliard dollargacha tushirdi", deya xabar bermoqda agentlik.

Bloomberg manbalariga ko‘ra, bu yangi baho Ukrainaning o‘z bahosiga yaqinroq hisoblanadi. Avvalroq Kiyev Vashingtonning yordami hajmini 90 milliard dollardan ko‘proqqa baholagan edi.

Mart oyida Vashington tomonidan Kiyevga taqdim etilgan foydali qazilmalar bo‘yicha bitim loyihasiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi foydali qazilma konlaridan imtiyozli asosda foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.

Loyiha shartlariga binoan, konlardan tushgan foyda maxsus investisiya fondiga yo‘naltiriladi, so‘ngra bu mablag‘ mamlakatlar o‘rtasida taqsimlanadi. Loyihada, shuningdek, AQSh Ukrainaga urush boshlanganidan beri ko‘rsatgan “moddiy va moliyaviy yordami”ni ushbu fondga o‘z hissasi sifatida ko‘rib chiqayotgani aytilgandi.

Kiritildi: 12:17 16.04.2025. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!