Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

AQSh Ukrainaga ham sanksiyalar qo‘llash mumkin

AQSh Ukrainaga ham sanksiyalar qo‘llash mumkin

Tramp tinchlik muzokaralari olg‘a siljimasa, sanksiyalar nafaqat Rossiyaga, balki Kiyevga nisbatan ham joriy etilishini va’da qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga ham, Ukrainaga ham keng qamrovli bojlar va sanksiyalar qo‘llash mumkinligini aytdi, agar tinchlik muzokaralari natija bermasa.

26 avgust kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan kabinet yig‘ilishida Tramp “minglab yosh hayotlarni saqlab qolish”ga intilishini va zarurat bo‘lsa, ikkala tarafga iqtisodiy bosim o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.

“Men Rossiya yoki Ukraina uchun, yoki tinchlikka xalal bergan boshqa har qanday taraf uchun juda kuchli, qimmatga tushadigan bojlar bilan qon to‘kilishini to‘xtatishim mumkin”, — dedi prezident.

Tramp allaqachon Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga ikki haftadan beri harakat qilmoqda. Kiyev asosan uchrashuvga rozi, ammo Moskva javob berishda sekinlik qilmoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov so‘nggi haftada sammit kun tartibi tayyorlanmaganini va Rossiya rahbari Ukraina rahbari bilan uchrashuv rejasi yo‘qligini aytdi. U Zelenskiyning legitim emasligini ta’kidlovchi Putin narrativasini takrorladi. Tramp esa Lavrovning bu gaplarini “ahmoqlik” deb atab, bunday bayonotlar faqat Rossiya siyosatchilari uchun “pozyorlik” ekanini qayd etdi.

Shu bilan birga Tramp Rossiya urushga barham berishdan bosh tortsa, harbiy o‘rniga “iqtisodiy urush” boshlash tahdidini takrorladi.

“Bu jahon urushi bo‘lmaydi, ammo iqtisodiy jihatdan yomon ta’sir ko‘rsatadi”, — dedi u. Shu paytga qadar diplomatiyaga imkoniyat berish maqsadida sanksiyalardan to‘xtab turganini, lekin hal qiluvchi qaror yaqinligini bildirdi.

Tramp Ukraina rahbariyatini ham tanqid qildi, Zelenskiy “mukammal emas” deb aytdi. Bu gaplar Vashingtonda Kiyev va Moskvaga nisbatan ortayotgan norozilikni aks ettiradi, chunki har ikki taraf ham muvaffaqiyatga erishishda qattiqchilik qilayotgani sezilyapti.

Muzokaralar sust kechayotganiga qaramay, AQSh va Yevropa Ukraina uchun muzokaralardan keyin xavfsizlik kafolatlari — havo qo‘llab-quvvatlashi va razvedka ma’lumotlari almashinishni muhokama qilmoqda. Financial Times yozganidek, G‘arb Yevropadagi harbiylar ishtirokida Ukraina uchun urushdan keyingi davrda uch qatlamli mudofaa tizimini yaratish ustida ish olib bormoqda.

Kiritildi: 09:36 28.08.2025. O'qildi: 1089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!