Amerika ma’muriyati Ukrainaga 725 million dollarlik yana bir paket qurol, jumladan piyodalarga qarshi minalar yuborishga tayyorlanmoqda.
Bu haqda Associated Press agentligi ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy yordam paketiga HIMARS ko‘p uchiruvchi raketa tizimlari uchun qarshi uchuvchisiz tizimlar va o‘q-dorilar ham kiradi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga yangi qurollar yetkazib berilishi frontdagi vaziyatni o‘zgartirmasligini, faqat mojaroning cho‘zilishiga olib kelishini ta’kidlagan edi.