Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Ukrainaga 15 yillik xavfsizlik kafolatlarini taklif qilmoqda

AQSh Ukrainaga 15 yillik xavfsizlik kafolatlarini taklif qilmoqda

Kiyev esa kamida 30 yillik muddatni istamoqda.

Bu haqda Ukraina prezidenti Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina barcha hamkorlar bilan xavfsizlik kafolatlari ustida ish olib bormoqda.

«Umuman olganda, loyiha bo‘yicha yaqinlashdik. Bugun senatorlar bilan uchrashdik. Kafolatlar yillar bo‘yicha uzoqroq bo‘lishini, investorlar uchun ta’sirchanroq bo‘lishini istashimizni aytdik. Ular uchun besh-o‘n yildan ko‘proq muddatli kafolatlar zarur. Hozircha Amerika tomonidan 15 yillik taklif bor, biz esa 20 yildan ortiq — 30–50 yillik muddatni istaymiz. Qanday qaror qabul qilinishi ma’muriyat va Kongressga bog‘liq», — dedi Zelenskiy.

Kiritildi: 23:58 14.02.2026. O'qildi: 903 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!