19Forty Five eksperti Daniyel Devisning fikricha, Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi mojaroga chek qo‘ymoqchi emas va Kiyevning g‘alaba qozonish imkoniyatini hisobga olmaydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar urushni tugatish strategiyasiga ega emas.
“Vashington mojaro qanday yakunlanishini bilmaydi va uni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga urinishlarga qarshi”, - deyiladi hisobotda.
Shu bilan birga, ekspert Ukrainaning jang maydonida g‘alaba qozonishi mumkin emasligini qo‘shimcha qildi.