Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

AQSh Ukraina qo‘shinlarini rasman nazorat qilishni rejalashtirmoqda

AQSh Ukraina qo‘shinlarini rasman nazorat qilishni rejalashtirmoqda

Pentagon Germaniyada “G‘arb davlatlarining Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha sa’y-harakatlarini muvofiqlashtiruvchi” qo‘mondonlik markazini yaratishga tayyorlanmoqda. Bu haqda The New York Times gazetasi AQSh ma’muriyatidagi manbalarga tayanib xabar berdi.

Markazning vazifalariga “AQSh va uning ittifoqchilari tomonidan Ukraina harbiylarini tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash” kiradi. Ushbu g‘oya NATOning Yevropadagi ittifoqchi kuchlari qo‘mondoni, general Kristofer Kavoliga tegishli.

Markaz AQSh armiyasining Yevropa va Afrikadagi qo‘mondonligi allaqachon joylashgan Visbadenda bo‘lishi rejalashtirilgan. Missiyaga 300 ga yaqin kishi jalb qilinadi.

Ta’kidlanishicha, hozirda AQSh mudofaa vaziri va uning maslahatchilari Kavolining taklifini o‘rganmoqda, biroq Pentagon va Oq uy bu g‘oyani oldindan qo‘llab-quvvatlagan.

Kiritildi: 20:30 30.09.2022. O'qildi: 2867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!