AQSh prezidenti Donald Tramp agar Ukraina 2 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda memorandum taqdim qilmasa, Ukraina bo‘yicha muzokaralar jarayonidan chiqishini e’lon qilishi mumkin. Bu haqda Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Rey MakGovern ma’lum qildi.
"Agar ularda memorandum bo‘lsa, bunda nimadir bo‘ladi. Bo‘lmasa, Tramp Putinga: bu odamlar jiddiy emas. Davom etavering, biz ketyapmiz. Siz yevropaliklar, siz bundan ham yaxshiroq ish qila olasiz deb o‘ylaysizmi? Omad tilaymiz, harakat qildik", deydi, dedi Rey MakGovern.
Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya delegasiyasi 2 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarning ikkinchi raundida Ukraina tomoniga kelishuv memorandumini taqdim etishga tayyorligini ma’lum qildi. Ayni vaqtda Kreml 2 iyun kuni Istanbulda muzokara o‘tkazish taklifiga Rossiya Ukrainadan hozircha javob olmaganini ma’lum qildi.