"Ukraina Qo‘shma Shtatlardan ko‘proq qurol olishga urinishlarida muvaffaqiyatga erisha olmadi. Bundan tashqari, yaqin kunlarda Bayden ma’muriyati tomonidan ma’qullangan qurol yetkazib berish dasturi ham muzlatib qo‘yildi. Shu sababli endi Kiyev yangi yondashuvni rejalashtirmoqda, ukrainaliklar Vashingtondan Yevropa davlatlariga AQSh qurollarini Ukraina uchun sotib olishga ruxsat berishni so‘rashni maqsad qilgan", deya yozmoqda nashr manbalariga tayanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi yondashuv doirasida bir nechta Yevropa davlatlari o‘z mudofaa byudjetlari hisobidan AQSh qurollarini sotib olib, ularni Ukrainaga topshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Politico suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, bunday xarajatlar NATO'ning mudofaa maqsadlari doirasiga kiritilishi mumkin.
Bu tashabbusni AQSh hukumati tasdiqlashi lozim, hozircha tafsilotlar muhokama qilinmoqda. Ammo Vashington bu yangi yondashuvga rozi bo‘ladimi-yo‘qmi, hozircha noma’lum. Politico, shuningdek, Rossiya shimoli-sharqda, Sumi yo‘nalishi bo‘ylab yozgi hujumni boshlagan bir paytda, Ukraina tez harakat qilishga majbur bo‘layotganini qayd etadi.