Bu haqda The Wall Street Journal ma’lum qildi.
"Bayden ma’muriyati Afg‘onistonda hibsda saqlanayotgan bir necha amerikaliklarning ozod qilinishi yuzasidan “Tolibon” muvaqqat hukumati vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda", deb yozadi gazeta.
WSJ ma’lumotlariga ko‘ra, gap 2022 yilda Afg‘onistonda hibsga olingan uch nafar AQSh fuqarosi – Jorj Glezmann, Rayan Korbett va Mahmud Habibi haqida bormoqda. Bayden ma’muriyati javob tariqasida Kubadagi Guantanamo harbiy bazasida saqlanayotgan mahbuslardan birini ozod etishga tayyorligini bildirgan. Bu mahbus “Al-Qoida” terrorchilik tashkilotining sobiq yetakchisi Usama ben Ladenning safdoshi bo‘lgan.