Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

AQSh Tinchlik Kengashi yig‘ilishida G‘azoni qayta tiklash bo‘yicha ko‘p milliard dollarlik rejani taqdim etadi

AQSh Tinchlik Kengashi yig‘ilishida G‘azoni qayta tiklash bo‘yicha ko‘p milliard dollarlik rejani taqdim etadi

AQSh ma’muriyati 19 fevral kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan Tinchlik Kengashining birinchi yig‘ilishida G‘azo sektorini qayta tiklash bo‘yicha ko‘p milliard dollarlik rejani taqdim etadi.

Bu haqda Reuters axborot agentligi ismi oshkor qilinmagan AQSh rasmiylariga tayanib xabar bergan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp yig‘ilishda Falastin anklavini qayta tiklash uchun "milliard dollarlik jamg‘arma" tashkil etilishini e’lon qiladi. Jamg‘arma Tinchlik Kengashiga a’zo mamlakatlarning "saxiy xayriyalari" hisobidan moliyalashtiriladi. "Odamlar bizga takliflar bilan kelishdi. Prezident yig‘ilgan mablag‘larni e’lon qiladi", deb qo‘shimcha qildi manba.

Nashrning ta’kidlashicha, AQSh tomoni shuningdek, bir nechta mamlakatlar kelgusi oylarda G‘azo sektorida joylashtirilishi kutilayotgan barqarorlashtirish kuchlariga "bir necha ming askar" ajratishni rejalashtirayotganini e’lon qiladi.

Tinchlik Kengashi yig‘ilishida kamida 20 ta davlat vakillari, jumladan, ularning rahbarlari ishtirok etadi. Unda G‘azo sektoriga, jumladan, anklavni boshqarish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratiladi.

Kiritildi: Bugun 09:50. O'qildi: 267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!