Bugun 16 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

AQSh Tayvanga qurol yetkazib berishni tezlashtiradi

AQSh Tayvanga qurol yetkazib berishni tezlashtiradi

Saylangan Prezident Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols chorshanba kuni Qo‘shma Shtatlar buyurtmalar bo‘yicha hali ishlatilmagan 20 milliard dollardan tezroq foydalanishni rejalashtirmoqda, dedi.

“20 milliard dollardan ortiq qiymatdagi buyurtma uchun bizga pul to‘langan va biz zimmamizdagi vazifani bajarish uchun jadal harakat qilishimiz kerak”, dedi u ma’muriyat almashinuviga bag‘ishlangan marosimda so‘zga chiqib. Ta’kidlanishicha, tadbirda amaldagi Prezident Jo Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ham qatnashgan.
Amerikaning Kato instituti tahlil markazi ma’lumotiga ko‘ra, Tayvan tomonidan berilgan, hali bajarilmagan buyurtmalarning qiymati 2024 yil dekabr holatiga qariyb 22 milliard dollarni tashkil etgan.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!