Bugun 4 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

AQSh sudi yana Maskka tovon to‘lamaslikka qaror qildi

AQSh sudi yana Maskka tovon to‘lamaslikka qaror qildi

Sud amerikalik tadbirkor Ilon Maskka Tesla bosh direktori sifatida ishlaganligi uchun 56 milliard dollar to‘lashni yana to‘xtatdi.

Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Delaver shtati sudi Tesla aktsiyadorlari iyun oyida Maskni rag‘batlantirish paketini ma’qullagan bo‘lsa-da, bu qarorni qabul qildi.

Biroq sudya Katalin Makkormikning so‘zlariga ko‘ra, to‘lov "aql bovar qilmaydigan darajada yuqori" va AQSh qonunchiligini buzadi.

Yanvar oyida sud bu to‘lovni to‘xtatib qo‘ygan edi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, dastlab mukofot miqdori 56 milliard dollarni tashkil etgan, endi esa Tesla aksiyalari narxi oshgandan so‘ng mukofot 101 milliard dollarga baholanmoqda.

Kiritildi: 14:55 03.12.2024. O'qildi: 544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!