Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh SpaceX kompaniyasiga nisbatan tekshiruv boshlashi mumkin

AQSh SpaceX kompaniyasiga nisbatan tekshiruv boshlashi mumkin

AQSh Kongressi Vakillar palatasining uch nafar a’zosi Ilon Mask asoschisi va rahbari bo‘lgan SpaceX kompaniyasiga nisbatan tekshiruv o‘tkazish zarurligini ma’lum qildi.

“Kommersant”ning yozishicha, bunday talablar Reuters agentligi yaqinda chop etilgan tekshiruvidan so‘ng qo‘yilgan bo‘lib, u Qo‘shma Shtatlardagi SpaceX ob’ektlarida ish bilan bog‘liq ko‘plab jarohatlar haqida xabar bergan.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 2014-yildan buyon qurilish va uchirish maydonchalari, yig‘ish zavodlari va SpaceX ning boshqa ob’ektlarida jami 600 ga yaqin ishchi jarohat olgan va hodisalardan biri xodimning olgan jarohatlari tufayli halok bo‘lishi bilan yakunlangan.

Kaliforniya va Nyu-Jersi kabi shtatlarni vakili bo‘lgan demokrat kongressmenlar "bu ma’lumotlar jiddiy tashvish uyg‘otadi", dedi.

Kiritildi: 09:31 20.11.2023. O'qildi: 2065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!